9-sinflar uchun matematikadan yakuniy davlat imtihonida tushadigan test variantlari e’lon qilindi

9-sinflar uchun matematikadan yakuniy davlat imtihonida tushadigan test variantlari e’lon qilindi

Xabaringiz bor, 2025-2026-oʻquv yilida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar uchun qurʼa tashlash tadbirlari o‘tkazilmoqda. Jadval bo‘yicha 4-iyun kuni 9-sinf bitiruvchilari uchun matematikadan yakuniy davlat imtihoni bo‘lib o‘tadi.

 

9-sinf bitiruvchilari uchun Matematika (Asosiy/Chuqurlashtirilgan) fanidan oʻtkaziladigan test variantlarini aniqlash boʻyicha qurʼa tashlandi.

 

Bunda oʻquvchilar ertaga, 4-iyun kuni 10 va 8-variantlar asosida imtihon topshirishlari maʼlum boʻldi.

 

Maʼlumot uchun: Yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlardan imtihon belgilangan kundan bir kun oldin qurʼa tashlash yoʻli bilan (yozma shaklda oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha) shakllantirilgan variantlar orasidan 2 ta variant tanlab olinadi.

 

9-sinf matematika fanidan metodik material — Faylni yuklash

 

8-variant matematika — Faylni yuklash

 

10-variant matematika — Faylni yuklash

 

Avvalroq, 9 va 11-sinf bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi tartibi haqida xabar berilgandi.