Prezident sovrini uchun o‘tkazilgan “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar va ularning o‘qituvchilari bugun Buyuk Britaniyaga ta’lim sayohatiga jo‘nab ketishdi.
Bu haqida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi telegramdagi rasmiy sahifasiga xabar joyladi.