Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 14-oktyabrdagi 28-son, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024-yil 12-noyabrda ro’yxatdan o’tgan qaroriga muvofiq, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida pedagog xodimlar ish faoliyatining vaqt me’yorlari tasdiqlandi.
Hujjatning 1-bobiga ko’ra, oʻrta maxsus taʼlim muassasalari pedagog xodimlarining oʻquv yili boʻyicha oʻquv yuklamasining soatlardagi hajmi mazkur paragrafda belgilangan vaqt meʼyorlaridan kelib chiqib, pedagog xodimlarning lavozimlariga qoʻyilgan malaka talablari asosida hisoblanadi;
– oʻrta maxsus taʼlim muassasalari pedagog xodimlarining egallab turgan lavozimlari boʻyicha oʻquv yuklamasi hajmi oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarining taklifiga muvofiq oʻrta maxsus taʼlim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlanadi;
– oʻrta maxsus taʼlim muassasalari pedagog xodimlarining auditoriyadagi va auditoriyadan tashqari о‘quv ishlari yuklamasining 1 (bir) stavka miqdori 1 000 soat etib belgilanadi;
– oʻrta maxsus taʼlim muassasalari pedagog xodimlarining o‘quv yuklamasi hajmi kafedra yig‘ilishining taklifiga asosan o‘rta maxsus ta’lim muassasasi pedagogik kengashining qarori bilan 30 foizgacha o‘zgartirilishi mumkin.
Bundan tashqari, har bir oʻquvchi uchun:
– oraliq nazoratni baholashda – 0,2 soat;
– yakuniy nazoratni baholashda –0,3 soat;
– qoldirilgan (oʻzlashtirilmagan)darslarni qayta topshirishni qabul qilishda – 0,3 soat.
Oʻquvchi qoldirgan (oʻzlashtirmagan) darslarining qayta topshirilishini qabul qilishda bir oʻquv semestri davomida bir pedagog xodimga koʻpi bilan 20 soat beriladi.