Qishki mavsumdagi tabiat hodisalari tufayli darslar vaqtini qisqartirsa bo’ladimi?

Qishki mavsumdagi tabiat hodisalari tufayli darslar vaqtini qisqartirsa bo’ladimi?

Sovuq yoki kunnig qisqarib ketganligi sababli darslar vaqtini 45 daqiqadan 40 daqiqagacha o’zgartirib, tanaffuslar vaqtini 5 daqiqagacha qisqartirsak boʻladimi?

 

 

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida«gi Nizomning 25-bandida taʼlim muassasalarida oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishdagi aniq muddatlar belgilab berilgan.

 

 

oʻquv yilining davomiyligi — 34 hafta (1-sinflar uchun 33 hafta);

 

oʻquv haftasining davomiyligi — 6 kun (pedagogik kengashning qaroriga koʻra 1-5-sinflar uchun 5 kun);

 

dars mashgʻulotining davomiyligi — 45 daqiqa;

 

dars mashgʻulotlari oraligʻidagi tanaffusning davomiyligi — 5-10 daqiqa (oʻquv kuni oʻrtasidagi tanaffusning davomiyligi — 15-30 daqiqa).

 

 

Maktab maʼmuriyati yuqorida belgilab berilgan muddatlarga toʻliq rioya qilishi zarur. Xulosa qilib aytganda, dars jarayoni vaqtini 45 daqiqadan 40 daqiqaga qisqartirish mumkin emas. Ammo dars mashgʻulotlari oraligʻidagi tanaffuslarning davomiyligini 5 daqiqagacha qisqartirish mumkin.