16 yoshga toʻlgan maktab bitiruvchilar pasport (ID karta) olishi kerak

16 yoshga toʻlgan maktab bitiruvchilar pasport (ID karta) olishi kerak

16 yoshga to‘lgan har bir bitiruvchi o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishi zarur.

 

Joriy yilda maktabni tamomlab, oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishni rejalashtirgan 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilari o‘z vaqtida fuqarolik pasporti, ya’ni ID-karta olishlari shart.

 

Tartibga ko’ra, oliygohlarga abituriyentlarning hujjatlari onlayn qabul qilinadi. Bu jarayonda esa abituriyentlardan biometrik pasport yoki ID-karta ma’lumotlarini kiritish talab etiladi.

 

Shuning uchun, 16 yoshga to‘lgan har bir bitiruvchi o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishi kerak.

 

Avvalroq, MMTV xabariga tayanib 2024/2025 o‘quv yilida maktablarni tamomlayotgan 450 mingdan ortiq o‘quvchining 16 yoshga to‘lgan 23 ming (5,1%) nafari pasport (ID karta) olmaganligi sababli ularning pasport ma’lumotlari elektron bazaga kiritilmagani ma’lum qilingandi.