Buxoroda avtobus haydovchisi bog‘cha bolalarini mast holda tashigani aniqlandi (video)

Buxoroda avtobus haydovchisi bog‘cha bolalarini mast holda tashigani aniqlandi (video)

Buxoro viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Romitan tumanida bolalar avtobusi haydovchisining spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lganligi aniqlandi.

 

Qayd etilishicha, avtobusda 40 nafar bog‘cha bolalari bo‘lib, haydovchining harakati zudlik bilan to‘xtatilgan va bolalarning xavfsizligi ta’minlangan.

 

Haydovchiga nisbatan maʼmuriy choralar ko‘rilgan.

 

Shuningdek, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 131-moddasi 1-qismi, 194-moddasi 1-qismi, 128 prim 8-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarliklar yuzasidan belgilangan tartibda maʼmuriy chora qo‘llanilgan.

 

Avvalroq, Andijonda 58 nafar bog‘cha bolasi mikroavtobusda tashilgani haqida xabar berilgandi.