Chet tili o‘qituvchilari ishda qolish yoki ishga kirish uchun quyidagi sertifikatlardan birini olishi kerak!

Xorijiy til o‘qituvchilari ish faoliyatini davom ettirish yoki yangi ishga joylashish uchun quyidagi sertifikatlardan biriga ega bo‘lishi talab etiladi.

 

2024/2025-o‘quv yiliga qadar barcha xorijiy til o‘qituvchilari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklarining 2024-yil 29-maydagi №3515-son qaroriga muvofiq 1-ilovada keltirilgan milliy yoki xalqaro sertifikatlardan kamida B2 darajasiga ega bo‘lishlari zarur.

 

2021-yildagi qaror bilan solishtirganda, quyidagi sertifikatlar endi qabul qilinmaydi:

 

-APTIS for Teachers

-Linguaskill

-Test of English for International Communication (TOEIC)

 

Agar o‘qituvchilar yangi qaror kuchga kirishidan oldin (2024-yil 29-mayga qadar) yuqoridagi ro‘yxatdan chiqarilgan sertifikatlardan birini olgan bo‘lsalar, sertifikat amal qilish muddatiga qadar imtiyoz va ustamalardan foydalanishlari mumkin. Amal qilish muddati cheklanmagan sertifikatlar uchun esa olingan sanadan boshlab uch yil ichida bu imtiyozlar qo‘llaniladi.

 

Quyidagi sertifikatlar xorijiy tilni bilish darajasini emas, balki xorijiy tillar bo‘yicha pedagogik malaka va ko‘nikmalarni tasdiqlaydi:

 

-Teaching Knowledge Test (TKT)

-Teaching English for Speakers of Other Languages (TESOL)

-Teaching English as a Foreign Language (TEFL)

-Teaching English as a Second Language (TESL)

-Certificate in English Language Teaching to Adults (CELTA)

-Diploma in Teaching English to Speakers of Other Languages (DELTA)

 

Shuning uchun ular sertifikatlar ro‘yxatiga kiritilmagan. 2024-yil 29-maydan boshlab faqat yangi qarorda ko‘rsatilgan sertifikatlar qabul qilinadi.

 

Ta’kidlash joizki, xalqaro tashkilotlarning rasmiy ro‘yxatiga kiritilgan vakolatli test markazlariga tashrif buyurilmagan holda yoki masofaviy (Remote, Home Edition va boshqa) tarzda topshirilgan sertifikatlarga imtiyoz va ustamalar berilmaydi.

 

Yangi qarorning 3-bobida pedagoglar uchun ishga kirish va ustama olishda e’tirof etiladigan chet tili sertifikatlari ro‘yxati alohida belgilangan bo‘lib, ushbu ro‘yxat faqat qisman farqlanadi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры