O‘quvchilar maktab hududida telefon ishlatishi mumkinmi?

Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 21-maydagi 139-son qaroriga ko‘ra ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan o‘quv mashg‘ulotlari va tadbirlar (saflanish, tarbiyaviy soatlar, bayram, sport tadbirlari va shu kabilar) boshlanishidan oldin ta’lim oluvchilar:

 

-telefonini o‘chirib qo‘yishi;

-telefonini portfeli, sumkasi va shu kabilarga solib qo‘yishi shartligi belgilangan.

 

Shunday ekan har bir o‘quvchi maktab hududiga kirganda yuqoridagi harakatlarni amalga oshirishi shart.

 

Shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi 282-son buyrug‘iga ko‘ra o‘quvchilar tomonidan mobil telefondan foydalanish qoidalariga rioya etilishini barcha pedagoglar, jumladan sinf rahbarlari shaxsan nazorat qiladi.

 

Bunda o‘qituvchi tomonidan ogohlantirilishiga qaramay dars jarayonida telefondan foydalanish holatlari davom etganda fan o‘qituvchisi, sinf rahbari, direktor o‘rinbosari, psixolog (inspektor-psixolog) ishtirokida o‘quvchining telefoni (smartfon, planshet va boshqa qurilmalar) olib qo‘yiladi va holat yuzasidan maktab direktori hamda o‘quvchining ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari ogohlantiriladi.

 

Mana shu qoidaga ko‘ra o‘quvchi dars jarayonida telefondan foydalansa, o‘qituvchi birinchi rahbariyatga xabar berishi va yuqoridagi harakatlarni amalga oshirish kerak.

 

Bunday holatda ota-onaga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 47-moddasi ikkinchi qismi bilan javobgarlik chorasi qo‘llaniladi. Ya’ni Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa:

 

– bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры