Talaba OTMdagi o‘qishini davom ettira olmasa, to‘lagan kontrakt puli qaytarib olinadimi?

Fuqarolik kodeksining 703-moddasiga binoan haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasi bo‘yicha ijrochi buyurtmachining topshirig‘i bilan ashyoviy shaklda bo‘lmagan xizmatni bajarish (muayyan harakatlarni qilish yoki muayyan faoliyatni amalga oshirish), buyurtmachi esa bu xizmat uchun haq to‘lash majburiyatini oladi.

 

Qoidaning mazmuniga ko‘ra talaba buyurtmachi sifatida universitet bilan ta’lim berish to‘g‘risida shartnoma tuzgan hisoblanadi.

 

Mazkur kodeks 707-moddasida buyurtmachi xizmatlarning belgilangan bahosini batamom to‘lash sharti bilan haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasini bekor qilishni talab qilishga haqli ekanligi keltirilgan.

 

Ushbu kodeks 705-moddasiga muvofiq ijrochi o‘zi aybdor bo‘lmagani holda xizmatni bajara olmagan taqdirda buyurtmachi ijrochiga uning xarajatlarini to‘lashi shart, bunda ijrochining xizmat (xizmatlar) ko‘rsatishdan ozod qilinishi munosabati bilan olgan yoki olishi mumkin bo‘lgan foydasi chegirib qolinadi.

 

Aynan ushbu normaning mazmuni universitetga o‘zlari qilgan xarajatlarni ushlab qolib, qolgan summani qaytarishi mumkinligidan dalolat beradi.

 

Shunga ko‘ra bu vaziyatda talaba universitetdan pulning hammasini emas, ularning qilgan xarajatlari chegirib tashlangan qismini olishi mumkin.

 

Ular bunga ko‘nmasa, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga murojaat qilish lozim.

 

Qo‘shimcha ma’lumot sifatida mazkur qo‘mitaning ishonch raqamlarini taqdim etamiz.

 

1. Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bo‘yicha ISHONCH TELEFONI: 1159;

 

2. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha YAGONA RAQAM: 71-207-46-00.

 

Shuningdek, talabgor bu masalada fuqarolik sudiga kontrakt pulini qaytarish va ko‘rilgan zararni undirishni talab qilish bo‘yicha da’vo arizasi bilan murojaat qilishi mumkin.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры