Yevropa davlatlarida maktab bolalarining mobil telefondan foydalanishi taqiqlanmoqda

Norvegiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi taqiqlanishi rejalashtirilmoqda. Hozirda mamlakatda bunday cheklov 13 yoshgacha bo‘lgan bolalarga taalluqlidir. Avvalroq Avstraliyada ham shu masala muhokama qilinayotgan edi.

 

Norvegiya hukumati ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uchun qat’iy yosh cheklovini joriy etishga tayyorlanmoqda. Endi 15 yoshdan kichik bolalar ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishga ruxsat olmaydi, deb xabar berdi, bosh vazir Yonas Gar Sterega tayangan holda The Guardian.

 

Unda aytilishicha, siyosatchilar bolalarni ijtimoiy tarmoqlardagi zararli kontentdan va “algoritmlar hukmronligi”dan himoya qilishlari kerak. Skandinaviya davlatida hozirda minimal yosh chegarasi 13 yosh, ammo tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, to‘qqiz yoshli bolalarning yarmidan ko‘pi, 10 yoshlilarning 58 foizi va 11 yoshlilarning 72 foizi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmoqda.

 

Sentabr oyida Avstraliya hukumati bolalarni onlayn tahdidlardan himoya qilish bo‘yicha qonun loyihasini tayyorlashini e’lon qilgandi. Mamlakatda bolalarga internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishga ruxsat beriladigan minimal yosh belgilanishi mumkin. Hozircha bu yosh aniqlanmagan, lekin bosh vazir Entoni Albanezening so‘zlariga ko‘ra, hukumat 14-16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning Instagram va TikTok`dan foydalanishini taqiqlash masalasini ko‘rib chiqmoqda. U minimal yoshni 16 yosh qilib belgilashni ma’qul ko‘radi.

 

Fransiyada esa 15 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar uchun maktablarda mobil telefonlarni taqiqlash bo‘yicha sinovlar o‘tkazilmoqda. Agar bu muvaffaqiyatli bo‘lsa, u yanvar oyidan boshlab butun mamlakat bo‘ylab joriy etilishi mumkin.

 

2015-yil oxirida Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida shunga o‘xshash taqiqni joriy etishga urinishlar bo‘lgan, ammo internetda voyaga yetmaganlarning huquqlari cheklangani haqidagi shikoyatlar sababli loyiha amalga oshmagan.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры