Ta’lim tashkilotlarining faoliyatini ichki va tashqi baholashdan o‘tkazilish tartibi

O’zbekiston Respublikasi “Ma’muriy islohotlar doirasida ta’lim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” gi qonunning 59-moddasida  ko’ra, ta’lim tashkilotlarining faoliyatini ichki va tashqi baholash quyidagicha o‘tkaziladi:

 

– ta’lim tashkilotlarining faoliyati tashqi baholashdan o‘tkazilishidan oldin ular ta’lim sohasidagi tegishli vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi tomonidan ishlab chiqilgan attestatsiya mezonlari va ko‘rsatkichlari asosida o‘z faoliyatini mustaqil ravishda ichki baholashdan o‘tkazadi;

 

– ta’lim tashkilotlari o‘z faoliyati tashqi baholashdan o‘tkazilishidan ikki oy oldin ichki baholash natijalarini ta’lim sohasidagi tegishli vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organiga taqdim etadi;

 

– ta’lim sohasidagi tegishli vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi ta’lim tashkilotining faoliyatini ichki baholash yakunlarini o‘rganadi va ulardan ta’lim tashkilotining faoliyatini tashqi baholash jarayonida foydalanadi;

 

– ta’lim tashkiloti rahbari ichki baholash natijalarining ishonchliligi uchun javobgar bo‘ladi.

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры