Samarqandda maktab o‘qituvchisi kaltaklangani aytilmoqda

Samarqandda maktab o‘qituvchisi kaltaklangani aytilmoqda

Pastdargʻom tumanida maktab oʻqituvchisining kaltaklanishi yuzasidan viloyat MMTB rasmiy izoh berdi. Holat atroflicha oʻrganilib, qonuniy baho berilishi, jamoatchilikka qoʻshimcha maʼlumotlar taqdim etilishi kutilmoqda.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Pastdargʻom tumanida joylashgan 111-umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisining kaltaklangani yuzasidan murojaat va xabarlar tarqalmoqda. Holat yuzasidan viloyat MMTB rasmiy munosbat bildirdi.

 

Maʼlum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda oʻrganish ishlari olib borilmoqda.

 

Shuningdek, voqeaning barcha holatlari atroflicha va xolisona tahlil qilinib, qonun doirasida huquqiy baho berilishi taʼminlanishi bildirilgan.

 

“Oʻrganish natijalari yuzasidan jamoatchilikka qoʻshimcha va batafsil maʼlumot taqdim etiladi” — deydi rasmiylar.

 

Avvalroq, Fargʻonadagi texnikumda pedagog kaltaklangani yuzasidan rasmiy izoh berilgan edi.