O‘qituvchi o’quvchilarni igna sanchish bilan jazolayotgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘quvchilar igna sanchish bilan jazolanayotgani aytilmoqda” mazmunidagi xabar tarqaldi.

 

Xabarda keltirilishicha, Sirdaryodagi 27-sonli maktabda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari qo‘llariga igna sanchish orqali jazolanayotgani aytilgan.

1- sinfning rahbari bo‘lgan o‘qituvchi bolalarga tazyiq o‘tkazib, ularning hojatxonaga boroshiga ham ruxsat bermasdan, sinfxona eshigini berkitib dars o‘tgan, shuningdek, bolalarning qo‘liga igna ham sanchgan.
Murojaatchi esa, bu holatga bolalar darsdan keyin bo‘ladigan 50 ming so‘m to‘lovli qo‘shimcha darsga qatnashmagani sabab bo‘lganini aytgan.

 

Aniqlanishicha, joriy yilning 14-oktyabr kuni Andijon viloyati, Andijon tumanida yashovchi fuqaro E.S. (erkak) IIB ga murojaat qilib, Sirdaryo tumanidagi 27-sonli maktabda 1-sinfda tahsil olayotgan qizi Gʻ.O. (2017-yilda tug’ilgan) ni o‘qituvchisi A.G. (ayol) qo‘liga igna tiqqanligi va xojatxonaga chiqarmasdan ruhiy tazyiq o‘tkazganligini bildirgan.

 

Bololar ombudsman matbuot xizmatining xabar qilishicha, hozirda tuman IIB tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Jarohat darajasini aniqlash uchun voyaga yetmagan Gʻ.O. ga nisbatan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры