Vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama olish uchun qanday natijalarga erishish lozim?

Hukumat qaroriga (№425, 02.08.2022) koʻra,  vazir jamgʻarmasi uchun nomzodlarga kvotalar maktabning bitiruvchi-oʻquvchilari tomonidan tegishli oʻquv yili qabulida oliy taʼlim muassasalariga, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarida qayd etgan natijalariga muvofiq taqsimlangan.

 

Davlat test markazi va Prezident taʼlim muassasalari agentligi taqdim etgan kirish imtihoni natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga asosan vazirlik 2023-yilda Vazir jamgʻarmasidan oylik ustama oladigan pedagoglarning soni 2000 nafar etib belgilangan va bu kvota “Boshlangʻich taʼlim”, “Aniq va tabiiy fanlar”, “Xorijiy tillar”, “Ijtimoiy fanlar” va “Amaliy fanlar” yoʻnalishlari boʻyicha tuman (shahar)lar boʻyicha taqsimlangan.

 

 

Xalq taʼlimi tizimini isloh qilish boʻyicha hududiy kengashlar ushbu kvotaga asosan nomzodlarni vazirlikka taqdim etgan.

 

 

Qarorga koʻra, har bitta yoʻnalish boʻyicha tegishli tuman (shahar) uchun belgilangan har bitta kvota oʻrniga koʻpi bilan uchta nomzodni taqdim etilishi mumkin.

 

 

Nomzodlar orasidan ustama toʻlanadigan pedagoglarni tanlab olish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

 

 

1-bosqichda — zarur hollarda, nomzodlarning dars beradigan umumtaʼlim fani boʻyicha bilim darajasini baholash uchun test sinovlari oʻtkaziladi;

 

 

2-bosqichda — umumtaʼlim fanini bilish darajasini baholash boʻyicha oʻtkazilgan test sinovlarida maksimal ballning 80 foizi yoki undan yuqori natija koʻrsatgan nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash uchun suhbat oʻtkaziladi. Suhbat oʻtkazish tartibi va mezonlari vazirning buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.

 

 

Ushbu ustamaga nomzod boʻlish uchun oʻquvchilaringiz OTM va Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarida yuqori ball olishi lozim.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры