Muddati ko‘rsatilmagan sertifikatlar uchun necha yil ustama to‘lanadi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.05.2022-yildagi PF-134-son Farmoni 9-bandiga ko‘ra xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga — ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 va 20 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanishi belgilangan.

 

Ushbu farmon ijrosini ta’minlash maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 28-iyulda 25-sonli qo‘shma qaror ishlab chiqilgan va bu qaror 1-avgustdan kuchga kirgan.

 

Mazkur bob qoidalari kuchga kirgunga qadar olingan sertifikatlarga nisbatan 25-son qo‘shma qarordagi qoidalar qo‘llaniladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 29-iyulda 34 q/k, 15-xx sonli qo‘shma qarori bilan berilishi boshlangan ustamalar sertifikat muddati davomida to‘lanishi qayd etilgan.

 

34-son qo‘shma qaror qoidalariga ko‘ra ustama sertifikat berilgan vaqtdan boshlab ko‘pi bilan 3-yil to‘lanishi belgilangan.

 

Ushbu qoida muddati bevosita o‘zida ko‘rsatilmaydigan, ya’ni amal qilish muddati belgilanmagan sertifikatlar uchun qo‘llaniladi.

 

Demak, mana shu qoidaga ko‘ra ustama sertifikat berilgan sanadan boshlab 3-yil to‘lanadi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры