El-yurt umidi” jamg‘armasi Vasiylik kengashining joriy yil 14-oktyabrdagi qaroriga asosan 2024 yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovida munosib qatnashgan va yuqori ballar to‘plagan 411 nafar yoshlar “Jamg‘arma stipendiati” deb e’tirof etildi.
Jamg‘arma ma’lumotlariga ko‘ra stipendiatlarning 95 foizi Buyuk Britaniya, AQSH, Italiya, Avstraliya, Germaniya, Fransiya, Kanada, Yaponiya, Janubiy Koreya va Xitoy kabi rivojlangan davlatlarning nufuzli universitetlarida ta’lim olishadi.
Stipendiatlar dunyoning eng nufuzli TOP 300 talik universitetlari va ilmiy markazlarida ta’lim oladilar.
G‘oliblarning 60 foizga yaqini STEM (ilm-fan, texnologiya, injenerlik, matematika), IT (axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt), tibbiyot va farmatsevtika, arxitektura va dizayn kabi yo‘nalishlarda ta’lim olishni rejalashtirgan.
G‘oliblari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.