9-sinflarga qizil shahodatnoma, 11-sinflarga oltin va kumush medallar topshirish tartibi

Yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan o‘quvchilarni rag‘batlantirish maqsadida, O‘zbekiston umumta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun qizil shahodatnoma hamda oltin va kumush medallar topshirish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.

 

Ushbu mukofotlar ta’limdagi yuksak natijalari va namunali xulq-atvori bilan ajralib turgan bitiruvchilarga tantanali ravishda taqdim etiladi.

 

9-sinf bitiruvchilari uchun qizil shahodatnoma berish shartlari:

 

  • 7-sinfda musiqa va tasviriy san’at fanlaridan, 8-9-sinflarda esa barcha fanlardan choraklik, yillik hamda yakuniy davlat attestatsiyasi baholarining a’lo bo‘lishi;

 

  • Namunali xulq-atvorga ega bo‘lishi.

 

 

11-sinf bitiruvchilari uchun oltin va kumush medallar topshirish shartlari:

 

Oltin medal quyidagi talablarga javob bergan bitiruvchilarga beriladi:

 

  • 9-sinfni qizil shahodatnoma bilan tamomlagan bo‘lishi;

 

  • 10-11-sinflarda barcha fanlardan choraklik, yillik va yakuniy nazorat baholarining a’lo bo‘lishi;

 

  • Namunali xulq-atvor va jamoat ishlarida faol ishtirok.

 

 

Kumush medal quyidagi talablarga mos bitiruvchilarga topshiriladi:

 

  • 9-sinfni qizil shahodatnoma bilan tamomlagan bo‘lishi;

 

  • 10-11-sinflarda barcha fanlardan yillik baholarining a’lo bo‘lishi;

 

  • Namunali xulq-atvor va jamoat ishlarida faol ishtirok.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры