Bugundan 2026-2027-o‘quv yili uchun Prezident maktablariga qabul boshlandi

Bugundan 2026-2027-o‘quv yili uchun Prezident maktablariga qabul boshlandi

Bugun, 25-maydan boshlab Prezident maktablariga 2026–2027-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli boshlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Hujjatlar 14-iyunga qadar onlayn tarzda qabul qilinadi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga 2026-2027-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 25-maydan – 14-iyunga qadar onlayn shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Prezident maktablariga 4-sinfni tugatgan oʻquvchilar 5-sinfga qabul qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Prezident maktablariga ariza topshirish uchun o‘quvchilarning:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati,⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

–  tug‘ilganlik haqida guvohnomasi (ya’ni metrikasi),⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

–  tegishli oʻquv yili natijalariga koʻra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi yoki QR-kod bilan tasdiqlangan elektron tabel,⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

–  ota-onasi (qonuniy vakili)ning fuqarolik pasporti ma’lumotlari,⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

–  bog‘lanish uchun telefon raqamlari talab qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Muhim!⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Prezident maktablarida o’qimoqchi bo’lgan o’quvchilarning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari “5” (aʼlo) boʻlishi lozim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Eslatib o‘tamiz: 15-maydan boshlab 2026/2027-o‘quv yili uchun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod, ixtisoslashtirilgan, sport, “Jasorat” maktablari hamda Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatlarga ham hujjatlar qabuli boshlangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠