“So‘nggi qo‘ng‘iroq”da 238 nafar o‘quvchi maktablarga avtomashina boshqarib kelgani aniqlandi

“So‘nggi qo‘ng‘iroq”da 238 nafar o‘quvchi maktablarga avtomashina boshqarib kelgani aniqlandi

YXHH “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida  238 nafar o‘quvchi maktablarga avtomashina boshqarib kelganini ma’lum qildi. Shuningdek, qoidabuzarlarning orasida 8–11-sinf o‘quvchilari ham borligi aniqlangan.

 

YHXX xabar berishicha, ijtimoiy tarmoq va profilaktik uchrashuvlarda yoshlar, ota-onalar va ustozlar ishtirokida keng koʻlamli targʻibot ishlari olib borilishiga qaramasdan bugun “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarida ertalabki soat 7:00 dan 14:00 gacha oʻquvchilarning maktablarga avtomashina boshqarib kelishlari bilan bogʻliq 238 ta holat aniqlangan.

 

Maʼlum qilinishicha, oʻquvchilarning oʻz ota-onasiga tegishli yoki ijaraga olgan avtomashinalarini boshqarib kelganliklarini kuzatish mumkin.

 

Qoidabuzarlar orasida 11, 9 va hattoki 8-sinf oʻquvchilari ham uchragan.

 

Xorazmda bitiruv kechasiga mashina boshqarib kelgan qizlar ham borligi aniqlangan.

 

“Farzandlarining katta fojianing qurboni boʻlishiga yoki boshqalarning ham hayotini xavf ostida qoldirishiga zamin yaratib berayotgan kattalardan koʻzlarini kattaroq ochishlarini soʻraymiz” — deydi rasmiylar.

 

Avvalroq, Qashqadaryoda 14 yoshli bola avtohalokat sodir etib, ikki doʻstining oʻlimiga sababchi boʻlgani haqida xabar bergan edik.