Joriy yilning aprel va may oylarida oʻtkazilgan ona tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat sinovlarida yil boshidagi imtihonlarga nisbatan 2,3 barobar koʻp talabgorlar ishtirok etdi. Imtihonlar Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahrida qulay sharoitda tashkil etildi va natijalar 20 ish kunida eʼlon qilinadi.
2026-yil 25-, 26-, 27-aprel hamda 2-, 3-, 4-, 11-, 12,-13- va 25-may kunlari kunlari oʻtkazilishi belgilangan ona (oʻzbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari oʻz nihoyasiga yetdi. Bu hada BMBA xabar berdi.
Imtihonlar talabgorlarga qulay boʻlishi uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.
Ularda jami 230 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 143 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.
Bu imtihonlarda joyiy yilgi yarim yil ichida ona tilidan eng koʻp oʻquvchi qatnashgan, bu yanvar-mart oylaridagi ishtirokchilar sonidan qariyb 2,3 mart koʻp.
2026-yil 31-yanvar, 1-2- va 7-8-fevral kunlari ona (oʻzbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan oʻtkazilgan milliy sertifikat imtihonlarida 102 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etgan va 98 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatilgan edi.
Eslatib oʻtamiz, ushbu test sinovlari yarim yillikdagi oxirgi ona (oʻzbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanidan milliy sertifat imtihoni hisoblanib, keyingi yarim yillik sanalari hali maʼlum qilinmagan.
Shuningdek, imtihon natijalari xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanadi va Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq 21 ish kunida yaʼni 23-iyun kuni eʼlon qilinadi.
Avvalroq, milliy sertifikatga ega pedagog xodimlarga sertifikati uchun o‘rindosh bo‘lib ishlayotgan joyida ham ustama to‘lanishi haqida xabar bergan edik.
