Maktabgacha taʼlim yoʻnalishida staji bo’lgan pedagoglar tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida o’qishga qabul qilinadi Talimxabarlari'ni Google'ga qo'shish Yangiliklar | 12.10.2024 15:02 Prezidentining tegishli (30.09.2024-yildagi PF-152-son) farmoniga ko’ra, 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab davlat oliy taʼlim tashkilotlarida maktabgacha taʼlim yoʻnalishi boʻyicha dual taʼlim shakli joriy etiladi. Bundan tashqari, davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantirishda maktabgacha taʼlim yoʻnalishining sirtqi va kechki taʼlim shakllari boʻyicha har yili kamida 200 ta maqsadli qabul kvotalari ajratiladi. Shuningdek, ushbu maqsadli qabul kvotalari boʻyicha ajratiladigan oʻrinlarga maktabgacha taʼlim yoʻnalishida kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan pedagog kadrlar tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinadi. 3 598 Sinov testlari Siz talaba bo'la olasizmi? Buni hoziroq tekshirib ko'ring! TESTNI BOSHLASH