2025-2026-o‘quv yilida Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha nomzodlarni saralab olish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.
Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.uzbmb.uz sayti orqali joriy yilning 10-noyabriga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Nomzodlarni saralab olish Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 241-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi va nomzodlar mazkur qaror bilan tasdiqlangan nizomning 3-bandida belgilangan talablarga javob berishlari lozim.
Talablar quyidagicha:
– akademiyaga bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra yaroqli deb topilgan bo’lishi;
– bo‘yi 170 sm dan past bo‘lmagan bo’lishi;
– o‘n yetti yoshdan yigirma uch yoshgacha bo‘lgan, shu jumladan o‘qishga qabul qilingan yili o‘n yetti yoshga to‘ladigan, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarining bitiruvchilari;
– o‘n sakkiz yoshdan yigirma besh yoshgacha bo‘lgan, shu jumladan o‘qishga qabul qilingan yili o‘n sakkiz yoshga to‘ladigan, ofitserlar tarkibi harbiy unvonlariga ega bo‘lmagan, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ma’lumotga ega rezervdagi harbiy xizmatga majburlar;
– o‘n sakkiz yoshdan yigirma besh yoshgacha bo‘lgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ma’lumotga ega, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli va kontrakt asosida harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar;
– yigirma olti yoshgacha bo‘lgan va Akademiyada bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish istagini bildirgan Respublika Oliy ta’lim muassasalarining 1- va 2-kurs (qabul yilida) talabalari.
Bunda, saralab olishning barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar akademiyada o‘qishni birinchi kursdan boshlaydi.
3 136