Ustozlarga salom bermagani uchun talabadan tushuntirish xati yozdirib olindimi?

Ustozlarga salom bermagani uchun talabadan tushuntirish xati yozdirib olindimi?

Ijtimoiy tamoqlarda Milliy universiteti talabalaridan biriga o’qituvchilarga salom bermaganligi uchun tushuntirish xati yozdirilganligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ustozlarga salom bermagani uchun talabadan tushuntirish xati yozdirib olindimi?

Milliy universiteti ma’muriyati mazkur holatga nisbatan munosabat bildirdi.

 

Xabarda ma’lum qilinishicha, ustozlarga salom bermagani uchun hech qanday mas’ul tomonidan talabadan tushuntirish xati yozdirib olinmagan.

 

“Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar va postlarga javoban shuni ma’lum qilamizki, O‘zbekiston Milliy universitetida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari va boshqa ustozlarga salom bermagani uchun hech qanday mas’ul tomonidan talabadan tushuntirish xati yozdirib olinmagan.

 

Talabalarning ustozlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi, salom berishi yoki bermasligi ularning shaxsiy madaniyatiga taalluqli masala hisoblanadi” – deyiladi universitet matbuot xizmati xabarida.