Chet tili fani oʻqituvchilari uchun malaka sinovlari qanday shaklda oʻtkaziladi? - Ta’lim xabarlari
Chet tili fani oʻqituvchilari uchun malaka sinovlari qanday shaklda oʻtkaziladi?

Pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibining 37-bandiga ko‘ra, mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash hamda oʻquv fani boʻyicha malaka sinovlari chet tili fani oʻqituvchilari uchun tinglab tushunish, oʻqish, yozish va gapirish koʻnikmasini baholashga qaratilgan ijodiy sinovlar shaklida oʻtkazilishi mumkin.

 

 

Shuningdek, mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash hamda oʻquv fani malaka sinovlari chet tili fani oʻqituvchilari, madaniyat va sanʼatga, jismoniy tarbiya va sportga ixtisoslashtirilgan taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari hamda taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya va chet tili fani oʻqituvchilari uchun test sinovlari shaklida ham tashkil etilishi ham belgilangan.

 

 

Nizomning 31-bandida:

 

–  pedagog kadrlardan hujjatlarni qabul qilish har yili 1-mart va 1-oktyabr sanalarida toʻxtatilishi;

 

 

–  vakolatli vazirliklar tomonidan maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash hamda pedagogik mahoratini baholash;

 

 

–  oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun oʻquv fani boʻyicha malaka sinovlarini oʻtkazish shakli hamda jadvali har yili 10-mart va 10-oktyabrga qadar tasdiqlanib, ularning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi, tegishli vazirliklar va idoralarga hamda SMS-xabarnoma orqali pedagog kadrlarga yuborilishi belgilab qoʻyilgan.

 

Eslatma! Chet tili (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hind) tili fani oʻqituvchilari uchun malaka sinov shakli (test yoki tinglab tushunish, oʻqish, yozish va gapirish koʻnikmasini baholashga orqali amalga oshirilishi) har yili yanvar iyun oylari attestatsiyasi uchun 10-martga qadar, avgust dekabr oylari attestatsiyasi uchun 10-oktyabrga qadar eʼlon qilinadi!

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры