Maktabgacha ta‘lim yo‘nalishining sirtqi va kechki ta’lim shakllariga har yili kamida 200 ta maqsadli qabul kvotalari ajratilishi belgilandi

Maktabgacha ta‘lim yo‘nalishining sirtqi va kechki ta’lim shakllariga har yili kamida 200 ta maqsadli qabul kvotalari ajratilishi belgilandi

Prezidentning tegishli (PF-152-son, 30.09.2024 y.) Farmonga muvofiq, 2025/2026-o’quv yilidan:

 

 

–  davlat oliy ta’lim tashkilotlarida maktabgacha ta’lim yo’nalishi bo’yicha dual ta’lim shakli joriy etiladi;

 

 

–  maktabgacha ta’lim yo’nalishining sirtqi va kechki ta’lim shakllari bo’yicha har yili kamida 200 ta maqsadli qabul kvotalari ajratiladi.

 

 

2018–2022-yillarda davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat bog’chalarni tashkil etish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni qaytarish muddati 5 yilga uzaytiriladi.

 

2024-yil 1-oktabrdan jismoniy shaxs bir paytning o’zida bir nechta oilaviy nodavlat bog’chada mehnat faoliyatini yuritayotgan bo’lsa, ijtimoiy soliq summasi uning bitta (asosiy) ish joyi bo’yicha to’lanadi.

 

2025-yil 1-sentabrdan davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat bog’chalarni tashkil etish to’g’risidagi bitimlar Maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimida elektron shaklda tuziladi.

 

2025-yil 1-yanvardan qamrov darajasi past bo’lgan davlat umumiy o’rta ta’lim muassasalarining bo’sh turgan yer uchastkalarida davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat bog’chalar faoliyatini yo’lga qo’yishga ruxsat etiladi.