Endilikda bogʻchalar rahbar va pedagoglari ham moddiy ragʻbatlantiriladi

Endilikda bogʻchalar rahbar va pedagoglari ham moddiy ragʻbatlantiriladi

Prezidentning tegishli (PF-152-son, 30.09.2024 y.) Farmoniga koʻra, 2025-yil 1-yanvardan:⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

–  maktabgacha taʼlim tashkilotining direktori oʻrinbosari lavozimi joriy etiladi;⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

–  respublikaning barcha tuman (shahar)larida kamida bittadan tayanch maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

–  barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlarida malaka oshirishning “Metodik mahorat soati”, tayanch maktabgacha taʼlim tashkilotlarida esa “Metodik mahorat kuni” kabi shakllari bosqichma-bosqich joriy etiladi;⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

–  trener sifatida faoliyat yuritayotgan direktor oʻrinbosarlariga lavozim maoshining 20 foizi miqdorida qoʻshimcha har oylik ustama haq toʻlanadi.⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

2025-yil 1-martdan tajriba-sinov tariqasida respublikaning uzoq va chekka hududlarida joylashgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun mobil malaka oshirish xizmatlari joriy etiladi.⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarini ham ragʻbatlantirishga ruxsat etiladi.⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

2025-yil 1-yanvardan tajriba-sinov tariqasida har bir tuman (shahar)dagi bittadan umumiy turdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida inklyuziv taʼlim guruhlari ochiladi.⁠⁠‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠