Amaldagi tartibga ko‘ra, yakuniy davlat attestatsiyasi quyidagilardan biri ko‘rinishida topshirilishi mumkin.
1. Majburiy fanlardan (fanlararo) yakuniy davlat attestatsiya sinovi;
2. Diplom loyihasi himoyasi;
3. Bitiruv malakaviy ishi (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi.
Bularning qay birini tanlash bitiruvchilarning iqtidori, xohishi va ta’lim xususiyatidan kelib chiqqan holda oliy ta’lim muassasasi Kengashi qarori bilan belgilanadi.