Pedagog oʻz kasbiy faoliyatini amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
– belgilangan tartibda mualliflik dasturlarini va oʻqitish uslubiyotini ishlab chiqish va joriy etish, ijodiy faollik koʻrsatish, shuningdek tegishli oʻquv fanlari, kurslari va modullaridan foydalanish;kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini talab qilish;
– qonunchilik hujjatlariga muvofiq ijodiy taʼtil olish;
– oʻz kasbiy faoliyatiga gʻayriqonuniy ravishda aralashuvdan himoyalanish;
– taʼlim oluvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ishtirok etish.
Pedagog qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.