Pedagog oʻz kasbiy faoliyatini amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
– zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, oʻqitish va tarbiya vositalarini hamda usullarini erkin tanlash va ulardan foydalanish;
– belgilangan tartibda mualliflik dasturlarini va oʻqitish uslubiyotini ishlab chiqish va joriy etish, ijodiy faollik koʻrsatish, shuningdek tegishli oʻquv fanlari, kurslari va modullaridan foydalanish;kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini talab qilish;
– oʻquv, ilmiy va uslubiy yoʻnalishlardagi davlat axborot-resurs hamda axborot-kutubxona markazlarining xizmatlaridan bepul foydalanish;
– davlat taʼlim standartlarini, davlat taʼlim talablarini, malaka talablarini, oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish jarayonida ishtirok etish;
– ilmiy, ilmiy-tadqiqot va ijodiy faoliyatni amalga oshirish, tajriba-sinov faoliyatida ishtirok etish, innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy etish;
– qonunchilik hujjatlariga muvofiq ijodiy taʼtil olish;
– taʼlim tashkilotini boshqarishda, shuningdek taʼlim tashkilotining faoliyati bilan bogʻliq masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;
– oʻz kasbiy huquqlarini va manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish uchun pedagoglarning jamoat birlashmalariga birlashish va ularda ishtirok etish;
– oʻz kasbiy faoliyatiga gʻayriqonuniy ravishda aralashuvdan himoyalanish;
– pedagogik faoliyati davomida oʻziga biriktirilgan sinfdagi (guruhdagi, kursdagi) taʼlim oluvchilarning bilimini mustaqil baholash;
– taʼlim oluvchilar va ularning ota-onalari (qonuniy vakillari) tomonidan pedagogning kasbiga hurmat bilan munosabatda boʻlishni talab qilish;
– davlat sogʻliqni saqlash muassasalarida majburiy tibbiy koʻrikdan bepul oʻtish (davlat taʼlim tashkilotlari uchun);
– taʼlim oluvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ishtirok etish.
Pedagog qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
