Endilikda xususiy maktab ochadigan tadbirkorlarga 20 milliard soʻmgacha kredit ajratiladi

Endilikda xususiy maktab ochadigan tadbirkorlarga 20 milliard soʻmgacha kredit ajratiladi

Bugungi yi’lishda, kelgusi yili byudjetdan ajratiladigan 3 trillion 200 milliard soʻm hisobidan 375 ta maktab va 97 ta bogʻcha rekonstruksiya qilinishi va yangilari barpo etilishi belgilandi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Bundan tashqari, Islom taraqqiyot banki va OPEK jamgʻarmasining 50 million dollar mablagʻi doirasida kelgusi 4-yilda 200 ta xususiy bogʻcha qurilib, yangi 30 mingta oʻrin yaratiladi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Yangi yildan boshlab xususiy sektorda oʻquvchi oʻrinlarini koʻpaytirish uchun maktab ochadigan tadbirkorlarga 20 milliard soʻmgacha kredit ajratiladi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Kredit foizining asosiy stavkadan 1,5 barobar oshgan qismi byudjetdan qoplanadi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, yangi quriladigan xususiy maktab binolari uchun kommunal xarajatlarning 50 foizi 5-yil muddatgacha byudjetdan toʻlab beriladi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Bundan tashqari, tadbirkorlar oʻz hisobidan maktab qursa, unga ketgan xarajatlar foyda soligʻidan ikki yil davomida teng ulushlarda chegirib tashlanadi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠