Matematika, fizika, tarix va geografiya fanlarida apellyatsiya natijalari ma’lum qilindi
2024-yil 12-oktyabr kuni matematika, fizika, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni o‘tkazilib, 25-oktyabr kuni imtihon natijalari e’lon qilingan edi. Natijalar e’lon qilingandan so‘ng, besh ish kuni davomida test natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlarning apellyatsiya arizalari qabul qilindi. Arizalar Apellyatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, Apellyatsiya komissiyasining qarori talabgorlarning shaxsiy kabinetiga joylashtirildi. […]