“Ochisleniya” bo‘lgan talabalar ham o‘qishini ko‘chirishi mumkinmi?

Xorijiy davlatlarda va Respublikamizdagi nodavlat oliygohlarda tahsil olayotgan ayrim talabalar o‘z vaqtida to‘lov-kontrakt pulini to‘lamaganligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra o‘qishidan chetlatilgan holatlar yo‘q emas. Ushbu toifadagi talabalar ham o‘qishini davlat OTMlariga ko‘chirishi mumkinmi?

 

Buning uchun talabadan o‘qigan davri ko‘rsatilgan transkripti (yoki akademik ma’lumotnoma) hamda talabalar safidan chetlatilganligi to‘g‘risida buyruq kerak bo‘ladi. Ushbu hujjatni o‘qishni ko‘chirish arizasiga ilova qilgan holda imtihonlarda bemalol ishtirok etishi mumkin. Bunda huquqiy tomonlama hech qanday cheklov mavjud emas.

 

Shuningdek, o‘qishdan chetlatilgan talabalar o‘qishini qayta tiklash muddati quyidagicha belgilangan:

 

5 yilgacha — rektor buyrug‘i bilan;

5 yildan 10 yilgacha — tegishli vazirlik yoki idora qarori asosida;

10 yildan ortiq — idoralararo komissiya qarori bilan.

 

Ushbu tartib 2017 yil 20 iyundagi Vazirlar Mahkamasining 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga asoslanadi.

 

Xulosa qilib shuni aytish mumkin-ki, o‘qishdan chetlatilgan talabalar ham Respublikadagi davlat oliygohlariga o‘qishini ko‘chirishi mumkin.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры