Ta’lim shakli kechki yoki sirtqi bo‘lgan xodimlarga ham sessiya topshirish uchun oylik saqlangan holda ta’til beriladi - Ta’lim xabarlari
Ta’lim shakli kechki yoki sirtqi bo‘lgan xodimlarga ham sessiya topshirish uchun oylik saqlangan holda ta’til beriladi

Mehnat kodeksining 385-moddasiga ko‘ra, ish beruvchi oliy ta’lim tashkilotlarida sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyasida ishtirok etish uchun ta’lim tashkiloti joylashgan yerga borishi va u yerdan qaytib kelishi uchun yiliga bir marta yo‘lkira haqining ellik foizidan kam bo‘lmagan miqdorini to‘laydi. Davlat attestatsiyasidan o‘tish uchun xuddi shunday miqdorda yo‘lkira haqi to‘lanishi belgilangan.

 

Laboratoriya imtihon sessiyalarida qatnashish uchun o‘rtacha ish haqi saqlangan holda quyidagi muddatlarda o‘quv ta’tillari beriladi:

 

OTMda kechki ta’limda o‘qiyotgan 1-2-kurs talabalariga – kamida 20 kun, texnikum yoki kollejlarda – kamida 10 kun, OTM va texnikum yoki kollejlarda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlarga esa – kamida 30 kun;

 

OTMda kechki ta’limda 3-4-kurslarda yoki undan yuqori kurslarda o‘qiyotganlarga – kamida 30 kun, texnikum yoki kollejlarda – kamida 20 kun, OTM va texnikum yoki kollejlarda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlarga esa kamida 40 kalendar kun.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры