Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati, 19-sentyabr kuni Qo‘shko‘pir tumanidagi bog‘chalarning birida tarbiyachilarning bolalarni qarg‘agani aks etgan videolavhaga rasmiy munosabat bildirdi.
“Videolavhada aks etgan holat joriy yil 18-sentabr kuni Qo‘shko‘pir tumanidagi 39-son Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida sodir bo‘lganligi ma’lum bo’ldi.
O‘rganish davomida mazkur Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining 2-o‘rta guruh tarbiyachisi M.B o‘zining mobil qurilmasida tarbiyalanuvchilar bilan shug‘ullanayotib jarayonni videotasvirga olganligi va bexosdan shu guruh ota-onalari uchun ochilgan maxsus telegram guruhiga joylaganligi aniqlandi.
Ishchi guruhi tomonidan tashkilot xodimlari o‘rtasida sodir bo‘lgan holat yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilib, qayta shunday holatlar sodir bo‘lsa qonuniy chora ko‘rilishi yuzasidan ogohlantirildi.
Holatga sababchi bo‘lgan tarbiyachi M.B esa qilgan ishidan pushaymon ekanligini bildirib, mazkur guruh ota-onalaridan uzr so‘raganligi va o‘z xohishiga ko‘ra ishdan bo‘shaganligini ma’lum qilamiz”, – deyiladi boshqarma xabarida.