Qaysi holatlar pedagogning attestatsiyada qatnashmasligi uchun uzrli sabab bo‘la oladi?

Qaysi holatlar pedagogning attestatsiyada qatnashmasligi uchun uzrli sabab bo‘la oladi?

Uzrli sabablarga koʻra malaka (test) sinovlarida ishtirok eta olmagan pedagoglar 30-31-may kunlari attestatsiyadan oʻtkazilishi haqida avval xabar bergan edik.

 

Vazirlar Mahkamasining tegishli (17.09.2021 yildagi 572-son) qaroriga muvofiq, quyidagi holatlarda pedagog attestatsiya sinovlariga kelmagan bo‘lsa, ushbu sabablar uzrli deb topiladi.

 

Agar pedagog attestatsiyaga:

 

— vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz;
— davlat yoki jamoat vazifalarini bajargan;
— respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etgan;
— vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda bo‘lgan;
— yaqin qarindoshi vafot etgan;
— vakolatli davlat organi yoki ta’lim tashkilotlari rahbarlarining ma’lumotnomasida ko‘rsatilgan boshqa asoslarga ko‘ra.

 

Pedagog kadrlar uzrli sabablarga ko‘ra attestatsiyaga kelmaganligi tufayli ularning attestatsiyasi boshqa muddatga ko‘chirilgan taqdirda, yig‘im takroran undirilmaydi.