12-13-oktyabrda bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihoniga talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

12-13-oktyabrda bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihoniga talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

Matematika, fizika, tarix va geografiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Ro‘yxatga olish jarayonlari 29-sentyabrga qadar davom etadi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

To‘lovlar esa 30-sentyabrgacha amalga oshirilishi mumkin.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Ushbu fanlar bo‘yicha test sinovlari 12-13-oktyabr kunlari o‘tkaziladi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshiriladi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar bilan yuqoridagi rasmda tanishish mumkin.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Eslatma!⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq, 2024-yil fevraldan boshlab umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining natijalari Rash modeli asosida  hisoblanadi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

12-13-oktyabrda bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihoniga talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠