Bahodir Jalolov nomidagi ixtisoslashtirilgan sport maktabiga kirish imtihonlari tartibi maʼlum qilindi

Bahodir Jalolov nomidagi ixtisoslashtirilgan sport maktabiga kirish imtihonlari tartibi maʼlum qilindi

Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi joriy yilning 27-28-29-avgust kunlari boʻlib oʻtadi.

 

Imtihon oʻtkaziladigan manzil:

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

(Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, «Sportchilar» koʻchasi, 19-uy).

 

Maʼlumot oʻrnida, mazkur sport maktabiga o‘quvchilar ikki bosqichli imtihon (jismoniy tayyorgarlik va test sinovlari) asosida qabul qilinadi.

 

Birinchi bosqich:

 

–  umumiy jismoniy tayyorgarlik – 6 ta yo‘nalish bo‘yicha (jami topshiriqlar uchun 30 ball beriladi);

 

–  maxsus jismoniy tayyorgarlik – 3 ta yo‘nalish bo‘yicha (jami topshiriqlar uchun 70 ball beriladi).

 

 

Umumiy jismoniy tayyorgarlik mashqlari:

 

–  60 m. masofaga yugurish;

–  1000 m. masofaga yugurish;

–  turnikda tortilish;

–  past turnikda 90° tortilish;

–  turgan joyidan uzunlikka sakrash;

–  oldinga egilish.

 

 

Maxsus jismoniy tayyorgarlik mashqlari:

 

–   soya bilan jang;

–   qoplar bilan ishlash;

–   sparing tushish.

 

Ikkinchi bosqich (test sinovlari):

5–6 hamda 9–10 sinflar uchun psixologik test 15 ta, intellektual qobiliyat darajasini aniqlash boʻyicha 20 ta test shaklidagi topshiriq (jami 35 ta test topshiriqlari uchun 50 ball beriladi)