Tarbiyachining bolalarni qarg‘agani aks etgan videolavhaga rasmiy munosabat bildirdi

Tarbiyachining bolalarni qarg‘agani aks etgan videolavhaga rasmiy munosabat bildirdi

Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati, 19-sentyabr kuni Qo‘shko‘pir tumanidagi bog‘chalarning birida tarbiyachilarning bolalarni qarg‘agani aks etgan videolavhaga rasmiy munosabat bildirdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

«Videolavhada aks etgan holat joriy yil 18-sentabr kuni Qo‘shko‘pir tumanidagi 39-son Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida sodir bo‘lganligi ma’lum bo’ldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

O‘rganish davomida mazkur Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining 2-o‘rta guruh tarbiyachisi M.B o‘zining mobil qurilmasida tarbiyalanuvchilar bilan shug‘ullanayotib jarayonni videotasvirga olganligi va bexosdan shu guruh ota-onalari uchun ochilgan maxsus telegram guruhiga joylaganligi aniqlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Ishchi guruhi tomonidan tashkilot xodimlari o‘rtasida sodir bo‘lgan holat yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilib, qayta shunday holatlar sodir bo‘lsa qonuniy chora ko‘rilishi yuzasidan ogohlantirildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Holatga sababchi bo‘lgan tarbiyachi M.B esa qilgan ishidan pushaymon ekanligini bildirib, mazkur guruh ota-onalaridan uzr so‘raganligi va o‘z xohishiga ko‘ra ishdan bo‘shaganligini ma’lum qilamiz», – deyiladi boshqarma xabarida.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠