O‘quvchilar orqali soliq to‘lovchilarga eslatma-xat yo‘llagan soliqchilarga hayfsan berildi

O‘quvchilar orqali soliq to‘lovchilarga eslatma-xat yo‘llagan soliqchilarga hayfsan berildi

Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanidagi soliq inspeksiyasi xodimlarining 14-maktab o‘quvchilari orqali ota-onalarga soliq eslatmalarini tarqatgani ijtimoiy tarmoqlarda salbiy munosabatlarga sabab bo‘lgani haqida ma’lumot bergan edik.

O‘tkazilgan xizmat tekshiruvi natijasida inspeksiya rahbariyati tomonidan maktabda bunday eslatmalarni tarqatish bo‘yicha topshiriq berilmagani aniqlangan. Natijada xodimlarga intizomiy jazo qo‘llanib, inspeksiya boshlig‘ining o‘rinbosariga rasmiy ogohlantirish berildi.

Shuningdek, barcha soliq inspeksiyalari rahbarlariga ham bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik haqida ogohlantirish berilgan.