Rostdan ham COVID-19 dan keyin vaqt tezlashdimi? Olimlar nima deydi?

Rostdan ham COVID-19 dan keyin vaqt tezlashdimi? Olimlar nima deydi?

2019-yil kechagina bo‘lib o‘tgandek, ammo oradan qariyb yetti yil o‘tdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ 2027-yil kirib kelishiga ham sanoqli haftalar qoldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Ko‘pchilik pandemiyadan keyin oylar va yillar juda tez o‘tayotganini aytadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Psixologlar bu holatni vaqtni idrok etish, xotira va insonning ruhiy holati bilan izohlaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Xo‘sh, ilmiy tadqiqotlar bu haqda nima deydi?

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

So‘nggi yillarda odamlar orasida ‘‘Vaqt qayerga ketyapti?’’, ‘‘Yillar nega bunchalik tez o‘tyapti?’’ ‘‘Karantindan keyin vaqt tezlashib ketdi’’ kabi savol va mulohazalar paydo bo‘ldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Bu shunchaki odamlarning subyektiv taassurotimi yoki bunga ilmiy izoh bormi?⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Psixologiyada insonning vaqtni qanday his qilishi ‘‘vaqtni idrok etish’’ (time perception) deb ataladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Olimlarning tushuntirishicha, vaqtni his qilish faqat soat va taqvimga bog‘liq emas.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Bunda diqqat, xotira, hissiyotlar, kundalik mashg‘ulotlar va ruhiy holat ham muhim rol o‘ynaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Pandemiya davrida vaqt nega sekinlashgandek tuyulgan?

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Avvalo COVID-19 pandemiyasi davriga qaytsak.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ U paytda odamlar vaqt sekinlashib qolganini juda ko‘p gapirishar edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Aslida pandemiya insonlarning odatiy hayot tarzini keskin o‘zgartirdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Karantin, oraliq masofa, masofaviy ish va ta’lim, sayohatlarning cheklanishi hamda yaqinlar bilan uchrashuvlar kamayishi kundalik hayot ritmiga qattiq ta’sir ko‘rsatdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Bunday sharoitda vaqtni his qilish ham o‘zgargan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Ayrimlar kunlar juda sekin o‘tayotganini, boshqalar esa hafta kunlarini bir-biridan ajratish qiyinlashganini bildirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

AQSHdagi Kaliforniya universiteti tadqiqotchilari E.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Alison Holman, Nickolas M.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Jones, Dana Rose Garfin va Roxane Cohen Silver 5 661 nafar ishtirokchi ma’lumotlari asosida pandemiya davrida vaqtni idrok etishdagi o‘zgarishlarni o‘rgangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Tadqiqot 2020-yil mart–aprel hamda sentabr–oktabr oylarida o‘tkazilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Natijada ishtirokchilarning qariyb yarmi vaqt odatdagidan farqli o‘tayotganini bildirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Olimlar vaqtni idrok etishdagi bunday o‘zgarishlarni ruhiy salomatlik, avvalgi stress va og‘ir hayotiy tajribalar, pandemiyaga oid yangiliklarni ko‘p kuzatish hamda moliyaviy tashvishlar bilan bog‘lagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Tadqiqotda bu hodisa «temporal disintegration», ya’ni vaqtni idrok etishdagi izdan chiqish tushunchasi orqali ham izohlangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Braziliyada 3 855 kishi ishtirokida tadqiqot o‘tkazilgan

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

2022-yilda Science Advances jurnalida Braziliyada o‘tkazilgan yana bir tadqiqot natijalari e’lon qilindi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ André Mascioli Cravo va uning hamkasblari karantin vaqtni his qilishga qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rgangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Tadqiqotda 3 855 nafar kishi qatnashgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Ular ijtimoiy masofa joriy etilganidan taxminan ikki oy o‘tib so‘rovnomani to‘ldirgan va keyingi 15 hafta davomida har hafta o‘z vaqt hissi haqida ma’lumot berib borgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Natijalar dastlabki davrda vaqt odatdagidan cho‘zilib ketgandek tuyulganini, ammo haftalar o‘tishi bilan bu hissiyot kamayganini ko‘rsatgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Muhimi, tadqiqotchilar insonning vaqtni qanday his qilishi bilan muayyan vaqt oralig‘ini hisoblash qobiliyati bir xil jarayon emasligini aniqlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Ya’ni odam bir daqiqaning qancha davom etganini to‘g‘ri baholay oladi, ammo kunlar juda sekin yoki tez o‘tayotgandek tuyulishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Pandemiyadan keyin ham vaqt haqidagi tasavvur o‘zgarganmi?

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Bu savolga javob izlangan tadqiqotlardan biri 2023-yilda PLOS ONE jurnalida chop etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Fransiyalik olimlar Sylvie Droit-Volet va uning hamkasblari pandemiya boshlanganidan ikki yil o‘tib ham insonlarning vaqtni his qilishi va xotirasida qanday o‘zgarishlar borligini o‘rgangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Tadqiqotchilar pandemiyaning turli bosqichlarida to‘plangan ma’lumotlarni 2022-yildagi so‘rov natijalari bilan taqqoslagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Ular ishtirokchilarning vaqt haqidagi baholari pandemiyagacha va undan keyingi davrga nisbatan farq qilishini aniqlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Xususan, pandemiya davri xotirada uzoq vaqt qolgan va sekinroq o‘tgandek baholangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Tadqiqotda yana bir muhim jihat kuzatilgan: pandemiya davriga oid shaxsiy xotiralar boshqa davrlarga nisbatan kamroq bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Ishtirokchilarning ruhiy holati esa vaqtni qanday baholashdagi farqlarning muhim izohlaridan biri sifatida qayd etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Miya vaqtni qanday his qiladi?

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

2024-yil 23-yanvarda Scientific Reports jurnalida Cyril Nicolaï, Maximilien Chaumon va Virginie van Wassenhove tomonidan olib borilgan tadqiqot e’lon qilindi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Tadqiqot natijalari vaqtning davomiyligini baholash va uning tez o‘tayotganini his qilish turli kognitiv jarayonlarga bog‘liq bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Shuningdek, karantin sharoiti ham vaqtni baholashga ta’sir qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Oddiy qilib aytganda, tadqiqot yakuni inson biror ishga butun diqqatini qaratganida vaqt qanday o‘tganini sezmay qolishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Aksincha, zerikib, vaqtga e’tibor qaratib o‘tirganida bir necha daqiqa ham uzoq tuyuladi, degan xulosani yasagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Vaqtni idrok etishimizga yana bir qancha omillar ta’sir qiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Masalan:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

  • Bir xil kunlar: yangi taassurotlar kamayganda, kunlar bir-biriga o‘xshab qoladi.
  • Axborot oqimi: telefon va ijtimoiy tarmoqlar diqqatimizni chalg‘itib, vaqt o‘tganini sezmay qolishimizga sabab bo‘lishi mumkin.
  • Stress va charchoq: ruhiy zo‘riqish ham vaqtni his qilishimizga ta’sir qiladi.

Yosh ulg‘aygani sari vaqt tezlashgandek tuyuladi

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Vaqt tezlashgandek tuyulishini faqat pandemiya bilan izohlab bo‘lmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Yosh ulg‘ayishi bilan ham insonning vaqt haqidagi tasavvuri o‘zgarishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

2024-yilda Young-Ju Ryu va uning hamkasblari Personality and Social Psychology Bulletin jurnalida insonlar o‘tgan hayot davrlarini nega tez o‘tgandek eslashini o‘rgangan tadqiqotini e’lon qildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Olimlar kundalik hayotdagi takroriylik, xotirada saqlanadigan voqealar va yosh o‘sishining vaqt haqidagi tasavvurga ta’sirini tekshirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Ikki dastlabki tadqiqotda 999 kishi, keyingi ikki tadqiqotda esa 965 kishi qatnashgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Natijalar kundalik hayotdagi takroriylik ayrim holatlarda vaqtni tez o‘tgandek his qilish bilan bog‘liqligini ko‘rsatgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Xo‘sh, COVID-19 dan keyin vaqt haqiqatan tezlashdimi?

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Yo‘q.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Hozircha pandemiya insonlar uchun vaqtning fizik jihatdan tezlashishiga sabab bo‘lganini ko‘rsatuvchi ilmiy dalil yo‘q.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Tadqiqotlar esa pandemiya davridagi karantin, zerikish, stress, ruhiy holat va kundalik hayotdagi o‘zgarishlar vaqtni his qilishga ta’sir qilganini ko‘rsatadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Shu bilan birga, insonning o‘tgan yillarni qanday eslashi ham vaqtning tez yoki sekin o‘tgandek tuyulishida muhim ahamiyatga ega.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Boshqacha aytganda, vaqt tezlashmagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Ammo uni his qilishimiz va xotiramizda qayta tiklashimiz o‘zgargan bo‘lishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠