Namanganda o‘quvchini Damas urib yubordi: tanaffusdan 10 daqiqa avval xonani tark etgan o‘qituvchi jazolandi

Namanganda o‘quvchini Damas urib yubordi: tanaffusdan 10 daqiqa avval xonani tark etgan o‘qituvchi jazolandi

Namangan shahridagi 65-maktab o‘quvchisini avtomobil urib yuborishi yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Natijada sinf rahbari bilan mehnat shartnomasi bekor qilinib, yana ikki nafar xodimga intizomiy chora ko‘rildi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ijtimoiy tarmoqlarda Yangi Namangan tumanidagi 65-umumta’lim maktabi o‘quvchisi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi haqida xabarlar tarqaldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Namangan viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Boshqarma ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil 2-oktyabr kuni uchinchi dars soatida ingliz tili fani o‘qituvchisi dars tugashiga 10 daqiqa qolganida sinfni tark etgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Natijada uch nafar o‘quvchi maktab hududidan chiqib ketgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Soat 15:20 atrofida o‘quvchilardan biri suv olish uchun yo‘lning qarama-qarshi tomoniga o‘tgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Qaytib kelayotganida uni ‘‘Damas’’ rusumli avtomobil urib yuborgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ O‘quvchiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Holat yuzasidan mas’ul xodimlarning faoliyati tanqidiy tahlil qilingan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Natijada sinf rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosariga ogohlantirish berilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ingliz tili fani o‘qituvchisiga esa hayfsan intizomiy jazosi qo‘llanilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyida ham Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida maktab o‘quvchisini avtomobil urib yuborgan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Keyinchalik o‘quvchining sog‘lig‘i yaxshi ekani va hozirda dars mashg‘ulotlarida ishtirok etayotgani ma’lum qilingan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠