Chet tili imtihonining yozma qismi 10–11-oktyabr kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash bosqichi esa 12–23-oktyabr kunlari o‘tkaziladi. Talabgorlar imtihon uchun ruxsatnomani my.gov.uz saytidagi “Mening arizalarim” bo‘limidan yuklab olishlari mumkin.
Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan imtihon sanalari e’lon qilindi.
Unga ko‘ra:
— imtihonning yozma qismi – 10-11-oktyabr kunlari;
— gapirish ko‘nikmasini baholash bosqichi – 12-oktyabrdan 23-oktyabrgacha (dam olish kunlaridan tashqari) o‘tkaziladi.
Talabgorlar my.gov.uz saytining «Mening arizalarim» bo‘limidan ruxsatnomani yuklab olishlari va undan imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini bilishlari mumkin.
Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi.
Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.
Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi — (geolokatsiya)
