Fundamental fanlar oʻqituvchilarini ragʻbatlantirishning yangi tizimi joriy etiladi, jumladan milliy sertifikatga ega oʻqituvchilarning har oylik maoshiga 50 foiz ustama toʻlanadi.
“Yangi Oʻzbekiston” universitetida Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida “1-oktyabr Oʻqituvchi va murabbiylari kuni” munosabati bilan oʻqituvchilar bilan oʻtkazilayotgan uchrashuv davom etmoqda.
Uchrashuv davomida Prezident maʼrifatparvar Mahmudxoʻja Behbudiyning “Maktab – taraqqiyotning boshlangʻichi, madaniyat va saodatning darvozasidir” degan soʻzlarini yodga oldi.
Shuningdek, davlat rahbari buyuk ajdodlar kamoloti ortida ham ularga saboq bergan muallimlar turganini taʼkidladi.
Prezident fundamental fanlar oʻqituvchilari uchun ragʻbatning yangi tizimi joriy etilishi, jumladan, milliy sertifikatga ega pedagoglarga 50 foiz ustama toʻlanishi hamda har yili 208 ta tuman va shaharning lider oʻqituvchilariga 30 million soʻmdan mukofot berilishini maʼlum qildi.
