Turkmaniston harbiy oliygohlariga rejalashtirilganidan ancha kam abituriyent hujjat topshirdi — OAV

Turkmaniston harbiy oliygohlariga rejalashtirilganidan ancha kam abituriyent hujjat topshirdi — OAV

Turkmanistondagi Harbiy va Harbiy-dengiz institutlarida joriy o‘quv yili uchun qabul rejasining qariyb 30 foizi bajarilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Masalan, Harbiy-dengiz institutidagi 100 ta o‘ringa 30 ga yaqin abituriyent hujjat topshirgan.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Turkmaniston Mudofaa vazirligiga qarashli Harbiy va Harbiy-dengiz institutlarida 2026/27-o‘quv yili uchun birinchi kursga qabul rejasining qariyb 30 foizi bajarilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu haqda Turkmen.news qurolli kuchlardagi manbasiga tayanib xabar berdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Harbiy-dengiz institutida yangi o‘quv yilida 100 nafar kursant qabul qilinishi rejalashtirilgan bo‘lsa, amalda ularning soni 30 nafarga yaqin bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Harbiy institutida ham qabul rejasi taxminan uchdan bir qismiga bajarilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Qayd etilishicha, 2026/27-o‘quv yili oldidan harbiy oliygohlarga abituriyentlarni jalb qilish uchun keng targ‘ibot ishlari olib borilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Qabul komissiyalari vakillari harbiy qismlarga borib, xizmat muddati yakunlanayotgan askarlarni o‘qishga kirishga undagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, harbiy ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchilari ham tegishli institutlarga jalb qilingan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Biroq manbaga ko‘ra, shunga qaramay, talabgorlar soni rejalashtirilgan ko‘rsatkichga yetmagan va hujjat topshirganlarning barchasi o‘qishga qabul qilingan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Harbiy va Harbiy-dengiz institutlari Turkmanistonda ta’lim to‘liq bepul bo‘lgan oliy ta’lim muassasalaridan hisoblanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Talabalarga oyiga 1000 manat miqdorida stipendiya ham beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Turkmen.news manbasi harbiy oliygohlarga qiziqish pastligining asosiy sabablaridan biri sifatida bitiruvchilarning keyingi faoliyati va harbiy xizmatdagi ijtimoiy sharoitlar bilan bog‘liq omillarni ko‘rsatgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Nashr yozishicha, 2024-yilda Mudofaa vaziri Begench Gundog‘diyev harbiy xizmatchilarga xizmat uylarini xususiy mulkka o‘tkazish imkonini beruvchi ijtimoiy paketdagi asosiy imtiyozlardan birini bekor qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, manbaga ko‘ra, harbiy oliygohlarda o‘qish harbiy xizmatni kechiktirish imkonini bermaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Harbiy sohani tanlashga to‘sqinlik qilayotgan omillardan biri sifatida esa mamlakat armiyasining salbiy imiji qayd etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Turkmen.news manbasi shu tendensiya davom etsa, kelgusi yili harbiy oliygohlarning birinchi kurslariga rejalashtirilgan kursantlarning uchdan bir qismi ham to‘planmasligi mumkinligini bildirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠