Noto‘g‘ri tanlangan parta o‘quvchining qaddi-qomatiga zarar yetkazadi

Noto‘g‘ri tanlangan parta o‘quvchining qaddi-qomatiga zarar yetkazadi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi o‘quvchilar uchun maktab mebellarini tanlashda gigiyenik talablarga rioya qilish muhimligini eslatdi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Qayd etilishicha, o‘quvchilar kunning katta qismini sinfxonada o‘tkazgani sababli parta va stullarning ularning bo‘yiga mos bo‘lishi qaddi-qomatning to‘g‘ri shakllanishida muhim ahamiyatga ega.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Gigiyenik talablarga ko‘ra:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

  • parta va stullar o‘quvchining bo‘yiga mos o‘lchamda bo‘lishi va raqamli hamda rangli belgilar bilan markalanishi;
  • parta yuzasi 7–15 daraja qiyalikda bo‘lishi;
  • parta va stullar xavfsiz rang hamda silliq, tozalashga qulay qoplama bilan qoplangan bo‘lishi;
  • mebellar formaldegid kabi zararli moddalarni ajratmaydigan, sertifikatlangan xavfsiz materiallardan tayyorlanishi lozim.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mutaxassislar o‘quvchining bo‘yiga mos va to‘g‘ri tanlangan parta uning sog‘lom qaddi-qomatini saqlash hamda dars vaqtida diqqatini yaxshi jamlashiga yordam berishini ta’kidlamoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, o‘quv xonalarida mashg‘ulotlar o‘tkazishda yengil jismoniy ish bajariladigan xonalarda havo harorati kamida 21 daraja, nisbiy namlik esa 40–60 foiz bo‘lishi kerakligi haqida xabar berilgandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠