O‘zbekistonda 40 yoshdan katta talabalar soni ortib bormoqda

O‘zbekistonda 40 yoshdan katta talabalar soni ortib bormoqda

O‘zbekistonda oliy ta’lim olish istagida bo‘lgan 40 yoshdan katta fuqarolar soni yildan yilga ortib bormoqda. 2025/2026 o‘quv yilida ushbu yosh toifasidagi talabalar soni 53 ming nafardan oshgani ma’lum bo‘ldi.

 

O‘zbekistonda 2025/2026 o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan 40 yosh va undan katta talabalar soni 53 483 nafarni tashkil etgan. Bu ma’lumot Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan taqdim etildi.

 

Unga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich 2010/2011 o‘quv yiliga nisbatan 52 867 nafarga oshgan.

 

40 yosh va undan katta talabalar soni o‘quv yillari kesimida:

 

  • 2010/2011 — 616 nafar
  • 2015/2016 — 170 nafar
  • 2016/2017 — 174 nafar
  • 2017/2018 — 2 142 nafar
  • 2018/2019 — 7 004 nafar
  • 2019/2020 — 9 751 nafar
  • 2020/2021 — 10 110 nafar
  • 2021/2022 — 10 531 nafar
  • 2022/2023 — 20 247 nafar
  • 2023/2024 — 36 113 nafar
  • 2024/2025 — 44 022 nafar
  • 2025/2026 — 53 483 nafar

 

Kecha xuddi shunday talabalardan biri Baxor Beknazarova bilan bo‘lib o‘tgan suhbatni e’lon qilgan edik. Baxor opa 44 yoshida talaba bo‘lgan. U 2002-yildan buyon boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bo‘lib ishlaydi. Hozir u ish faoliyatini davom ettirgan holda Shahrisabz davlat pedagogika institutida tahsil olmoqda.