Tibbiyot xodimlariga va ayrim pedagoglarning oylik maoshlariga har oy ustama to‘lanadi

Tibbiyot xodimlariga va ayrim pedagoglarning oylik maoshlariga har oy ustama to‘lanadi

2027-yil 1-yanvardan oilaviy tibbiyot boʻyicha rezidenturani tamomlagan oilaviy shifokorlar va shu yoʻnalishda magistraturani tamomlagan pedagog kadrlarga – mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 4 baravari miqdorida ustama beriladi.

 

Prezidentning 2026-yil 10-sentyabrdagi “Tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 191-son farmoni qabul qilindi.

 

Farmonga koʻra, 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab oʻrta tibbiyot xodimlarini tayyorlashning ikki yillik oʻquv dasturlariga qabul bekor qilinadi.

 

Shuningdek, oliy tibbiy hamrohlik ishi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlashda rivojlangan xorijiy davlatlarning oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlari joriy etiladi.

 

Tibbiy hamrohlik ishi mutaxassisligida ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash maqsadida magistratura dasturi yoʻlga qoʻyiladi.

 

2027 yil 1 yanvardan tibbiyot, farmatsevtika va pedagog xodimlarning oylik maoshlariga quyidagi miqdorlarda bazaviy tarif stavkasi yoki lavozim maoshiga nisbatan har oylik ustamalar belgilanadi:

 

  • bakalavriatni tamomlagan hamshiralar va tibbiyot ogʻalariga – mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 1 baravari;
  • magistraturani tamomlagan hamshiralar va tibbiyot ogʻalariga – mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 2 baravari;
  • oilaviy tibbiyot boʻyicha rezidenturani tamomlagan oilaviy shifokorlar va shu yoʻnalishda magistraturani tamomlagan pedagog kadrlarga – mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 4 baravari.

 

Farmonga doir chiqarilgan xabarlar:

 

  • “Umumiy tibbiyot” bitiruvchilari oilaviy shifokor lavozimida faoliyat yuritishi mumkin boʻladi — batafsil;
  • Endi tibbiyot oliygohlariga kirishda minimal o‘tish bali maksimal ballning 60 foizi etib belgilanadi batafsil;
  • Kelasi o‘quv yilidan tor soha shifokorlarini tayyorlash toʻliq rezidenturaga oʻtkaziladi batafsil;
  • Oliy hamshiralik ishi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi negizida “oliy tibbiy hamrohlik ishi” yoʻnalishi joriy etiladi — batafsil.