O‘zbekiston Markaziy Osiyo talabalar sport forumiga mezbonlik qiladi

O‘zbekiston Markaziy Osiyo talabalar sport forumiga mezbonlik qiladi

Markaziy Osiyoda birinchi marta o‘tkazilayotgan talabalar sport forumi mezbonligi O‘zbekistonga topshirildi. Forum sentyabr oyining oxirida boshlanadi.

 

2026-yil 29-sentyabr — 2-oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan I Markaziy Osiyo talabalar sporti forumi Xalqaro universitet sporti federatsiyasi (FISU) Prezidenti Leonz Ederning mamlakatimizga tashrifi doirasida tashkil etiladi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar bermoqda.

 

Forumdan asosiy maqsad O‘zbekistonning talabalar sportini rivojlantirish borasidagi tajribasini xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilish, sohadagi dolzarb masalalarni muhokama etish hamda Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida hamkorlikni yanada mustahkamlashdan iborat.

 

Forumda FISU rahbariyati bilan bir qatorda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Tojikiston va Turkmaniston talabalar sporti federatsiyalari vakillarining ishtirok etishi rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, FISU Prezidenti talabalar o‘rtasida o‘tkaziladigan “Besh tashabbus” olimpiadasi sport musobaqalarining tantanali ochilish marosimlarida ishtirok etadi.

 

Avvalroq, o‘zbekistonlik talaba belbog‘li kurash bo‘yicha jahon chempioniga aylangani haqida xabar bergan edik.