Pedagoglar attestatsiyasida ishtirok etish uchun ariza topshirish davom etmoqda. Jarayonlar joriy yil 30-sentyabr kuni yakunlanadi.
Pedagog kadrlar attestatsiyasining navbatdagi majburiy va navbatdan tashqari turlarida ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinishi davom etmoqda.
Attestatsiyada ishtirok etish uchun ariza topshirishning soʻnggi kuni 2026-yil 30-sentyabr etib belgilandi.
Murojaatlarni quyidagi usullarda yuborish mumkin:
- platforma orqali: Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining pedagog.uzedu.uz sayti orqali (ONE ID tizimi yordamida shaxsiy kabinetga kiriladi);
- portal orqali: Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali;
- davlat xizmatlari markazlari (DXM) ga shaxsan tashrif buyurgan holda.
Attestatsiya bosqichlari muddati:
- avgust-sentyabr: Murojaatlar (arizalar) qabul qilinadi;
- oktyabr-noyabr: Malaka (test) sinovlari oʻtkaziladi;
- dekabr: Sertifikatlar tarqatiladi.
Quyidagi videoqoʻllanma orqali platformadan foydalanish, ariza yuborish bosqichlari va muhim tavsiyalar bilan batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.
