Xorijiy fuqarolar O‘zbekistonda magistraturaga qanday tartibda qabul qilinadi?

Xorijiy fuqarolar O‘zbekistonda magistraturaga qanday tartibda qabul qilinadi?

Xorijiy fuqarolar O‘zbekistondagi oliy ta’lim tashkilotlari magistraturasiga suhbat natijasiga ko‘ra, to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi. Buning uchun talabgor bakalavriat yoki unga tenglashtirilgan oliy ma’lumotga ega bo‘lishi kerak.

 

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim tashkilotlarining magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom belgilangan.

 

Xorijiy fuqarolar oliy ta’lim tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan suhbat natijasiga asosan, to‘lov-kontrakt shaklida o‘qishga qabul qilinadi.

 

Xorijiy fuqarolarni bir o‘quv yilida qoida tariqasida ikki marotaba o‘qishga qabul qilish mumkin. Magistraturaga bakalavriat yoki unga tenglashtirilgan ma’lumotga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar qabul qilinadi.

 

O‘qish uchun to‘lov miqdori tegishli magistratura mutaxassisligi bo‘yicha O‘zbekiston fuqarolari uchun belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdoridan kam bo‘lmasligi kerak. Ta’lim jarayoni o‘quv dasturlarida nazarda tutilgan tillarda amalga oshiriladi.

 

O‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan xorijiy fuqarolarga belgilangan namunadagi oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom beriladi.

 

Avvalroq, magistraturaga tavsiya etilgan abituriyentlar taqdim etishi kerak bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati haqida ma’lumot berilgandi.